1. Atamalar va ta’riflar
1.1. Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;.
1.2. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti (subyekt) – shaxsga doir ma’lumotlar o‘ziga taalluqli bo‘lgan jismoniy shaxs;
1.3. CLICK – ushbu Siyosat kontekstida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va shaxsiy ma'lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxs
1.4. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
1.5. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish — shaxsga doir ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq harakatlar;
1.6. Shaxsga doir ma’lumotlarni tizimlashtirish — shaxsga doir ma’lumotlarni ma’lum bir tizimga birlashtirishga qaratilgan harakat;
1.7. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash — shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligi, maxfiyligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha harakatlar;
1.8. Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish — shaxsga doir ma’lumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilishga, Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirishga yoki shaxsga doir ma’lumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar;
1.9. Shaxsga doir ma’lumotlarni berish – muayyan bir shaxsga yoki ma'lum bir doiradagi shaxslarga shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilishga qaratilgan harakatlar.
1.10. Shaxsga doir ma’lumotlarni bloklash (cheklash) — shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatish (shaxsga doir ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun ishlov berish zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno);
1.11. Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish — mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir ma’lumotlar bilan harakatlar;
1.12. shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgartirish va (yoki) to‘ldirish — shaxsga doir ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar qiymatlarini o‘zgartirish va (yoki) to‘ldirish;
1.13. Shaxsga doir ma’lumotlarni egasizlantirish — amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir ma’lumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni bo‘lmay qoladigan harakatlar;
1.14. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish — amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir ma’lumotlarni tiklash imkoni bo‘lmay qoladigan harakatlar;
1.15. Psevdonimlashtirish va anonimlashtirilgan shaxsiy ma'lumotlar – ma’lum bir subyekt bilan, mazkur ma’lumotlar alohida va identifikatsiyalangan yoki identifikatsiyalanayotgan shaxs bilan umuman bo’glab bo’lmaslik uchun barcha texnik choralar ko’rilganligi sharti bilan, qo’shimcha ma’lumotsiz bog’lab bo’lmaydigan usulda qayta ishlanuvchi ma’lumotlar.
1.16. Shaxsga doir ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan ravishda qayta ishlash - kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash.
1.17. Shaxsiy ma'lumotlarning axborot tizimi (SHMAT) - elektron ma'lumotlar bazalarida saqlanuvchi shaxsiy ma’lumotlar, hamda ularni qayta ishlashni ta'minlaydigan axborot texnologiyalari va texnik vositalar to'plami.
1.18. Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi - bu CLICK yoki shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo'lgan har qanday boshqa shaxsning shaxsiy ma'lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslarsiz tarqatilishiga yo'l qo'ymaslik talabiga rioya qilish talabidir.
1.19. Foydalanuvchi – oz shaxsiy profili / akkauntiga ega bolgan, CLICK servislarida yoki Saytdagi Shaxsiy kabinetida royxatdan otkazish boyicha harakatlarni amalga oshirgan CLICK xizmatlaridan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor; oz-ozini ish bilan taminlovchi sifatida royxatdan otkazilgan jismoniy shaxs; yuridik shaxs (Yagona ijroiya organ, vakolatli shaxs (vakolatnoma asosida faoliyat yurituvchi) nomidan); notijorat tashkiloti (Rahbar yoki vakolatli shaxs nomidan); funksional imkoniyatlariga asosan CLICK tizimidan foydalanuvchi tolovchi (jismoniy shaxs).
1.20. Foydalanuvchi ma'lumotlari - Foydalanuvchi bilan bog'liq har qanday ma'lumotlar, shu jumladan foydalanuvchining anketada ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlari (agar to'ldirilgan bo'lsa), Operatsiyalarni amalga oshirish uchun va Tizimda ro'yxatdan o'tish paytida CLICK uchun taqdim etilishi kerak bo'lgan hujjatlar.
1.21. Servislar – Internetda https://click.uz manzili bo’yicha joylashgan sayt, Telegram-bot @CLICKUZ, CLICK™ UP mobil ilovasi, CLICK™ START mobil ilovasi.
1.22. Qonun – O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-sonli Qonuni (keyingi o‘rinlarda “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun).
2. Umumiy qoidalar
2.1. CLICK tolov tashkiloti sifatida amal qiladi, shu jumladan axborot almashinuv xizmatlarini taqdim qiladi, CLICK tizimi orqali operasiyalarni amalga oshirishda hisob-kitoblar ishtirokchilari ortasida axborot va texnologik ozaro aloqalarni taminlaydi, shuningdek CLICK elektron pullar tizimi operatori hisoblanadi.
CLICK va Foydalanuvchilar ortasida ozaro munosabatlar shartnoma asosida ornatiladi va ular bilan tuzilgan shartnomalar qoidalariga asosan belgilanadi.
Shartnoma shartlariga muvofiq CLICK Ozbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustdagi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin quroli tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish togrisidagi 660-II-sonli Qonuni va 2019 yil 01 noyabrdagi Tolovlar va tolov tizimlari togrisidagi OzRQ-578-sonli Qonuni doirasida Foydalanuvchilarni identifikasiyalash maqsadida, Foydalanuvchi tomonidan CLICK bilan har qanday shartnomalar (bitimlar) tuziladigan paytgacha ham, tuzilgan shartnomalar (bitimlar) boyicha ozaro hamkorlik jarayonida ham Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlari ishlanishini amalga oshiradi.
2.2. Mazkur shaxsiy malumotlarni himoya qilish va ishlov berish togrisida Siyosat (bundan buyon matnda Siyosat) CLICK servislarida royxatdan otkazish tartib-taomilidan otgan foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlarini himoya qilish va ishlov berish tartibini belgilaydi.
CLICK servislarida royxatdan otkazish boshlanishidan oldin foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlarini organib chiqishi kerak.
Foydalanuvchi tegishli shaklda mustaqil ravishda belgi qoyish orqali mazkur Siyosat shartlariga ozining toliq roziligini bildiradi.
2.3. Siyosat Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Ozbekiston Respublikasining shaxsiy malumotlarni himoya qilish sohasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2.4. Siyosat bekor qilingungacha yoki yangi tahriri bilan almashtirilgungacha amal qiladi.
Mazkur Siyosat CLICK servislarida Internet axborot-telekommunikasiya tarmogida erkin foydalanishda elon qilinadi.
2.5. Mazkur Siyosatning maqsadlari:
Shaxsiy malumotlarni ishlashda inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish talablarini, shu jumladan shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sir uchun huquqlarni himoya qilish talablarini taminlash;
Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlariga nisbatan har qanday uchinchi shaxslarning ruxsatsiz harakatlariini (noqonuniy yoki tasodifiy foydalanishni), xuddi shuningdek shaxsiy malumotlar yoq qilinishini, ozgartirilishini, blokirovka qilinishini, nusxa kochirilishini va tarqatilishini istisno qilish;
Servislarda Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlari maxfiyligi va nazorat qilinishining huquqiy va normativ rejimini taminlash;
Fuqarolarning shaxsiy sir uchun konstitusiyaviy huquqlarini, shaxsiy malumotlarni oz ichiga olgan malumotlar maxfiyligini himoya qilish va Shaxsiy kabinetda royxatdan otkazilgan Foydalanuvchilar xavfsizligiga ehtimoliy tahdidlar paydo bolishi oldini olish.
2.6. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish tamoyillari:
shaxsiy malumotlarni ishlash qonuniy va adolatli asosda amalga oshirilishi inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi kerak;
shaxsiy malumotlarni ishlash aniq, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanishi kerak. Shaxsiy malumotlarni toplash maqsadlariga javob bermaydigan shaxsiy malumotlarni ishlash mumkin emas;
ishlanayotgan shaxsiy malumotlar mazmuni va hajmi elon qilingan ishlash maqsadlariga muvofiq bolishi kerak. Ishlanayotgan shaxsiy malumotlar elon qilingan ishlash maqsadlariga nisbatan ortiqcha bolmasligi kerak;
shaxsiy malumotlarni ishlashda shaxsiy malumotlarning aniqligi, ularning shaxsiy malumotlarni ishlash maqsadlariga nisbatan yetarliligi va aktualligi taminlanishi kerak;
shaxsga doir ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
agar shaxsiy malumotlarni saqlash muddati Qonun, Shartnoma, Foydalanuvchi taraflardan biri hisoblangan Shartnoma yoki Foydalanuvchi bitimida belgilanmagan bolsa, shaxsiy malumotlarni saqlash shaxsiy malumotlarni ishlash maqsadlari talab qiladigan muddatdan uzoq bolmagan muddatda amalga oshirilishi kerak.
2.7. CLICK shaxsiy malumotlarning trans-chegaraviy uzatilishini amalga oshirmaydi.
3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarining tarkibi
3.1. Foydalanuvchi mustaqil ravishda (tizimdan foydalanishda) quyidagi ma'lumotlarni taqdim etadi:
Yuridik shaxslar
- identifikatsiya qiluvchi ma'lumotlar ro'yxati. Yuridik shaxslar nomidan va manfaatlarini koʻzlab yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshiruvchi shaxslar, yaʼni direktor, taʼsischi, ishonchli vakil (ishonchnoma asosida ish yurituvchi) va haqiqiy mulkdor identifikatsiya qilinishi lozim.
Foydalanuvchi Tizim saytida tegishli Anketalar elektron namunalarini toldiradi, ularda rahbar, benefisiar mulkdor, Vakolatnoma asosida Jamiyat nomidan faoliyat yuritish vakolati berilgan shaxslarning shaxsiy malumotlarini yoki boshqa hujjatni korsatadi (bunday vakil bolgan holatda):
Familiya, ism va otasining ismi (songgisi mavjud bolgan holatda),
fuqarolik,
shaxsini tasdiqlovchi hujjat malumotlari (pasport/ID-karta seriyasi va raqami, hujjat bergan bolinma nomi, hujjat berilgan sana, royxatdan otkazilgan manzil);
haqiqiy yashash manzili,
JShShIR,
Qoshimcha ravishda Foydalanuvchi Anketa namunalariga quyidagi Jamiyat korporativ hujjatlarining skanirlangan nusxalarini ilova qiladi:
Yuridik shaxsni tasis etish (tashkil qilish) togrisida qaror (bayonnoma);
Jamiyatning Yagona ijroiya organini saylash togrisida qaror (bayonnoma);
Jamiyatning Yagona ijroiya organi lavozimiga qabul qilish togrisida boyruq;
Ustav;
Yuridik shaxsning davlat royxatidan otkazilganligi togrisida guvohnoma, shuningdek yuridik shaxs vakolatli vakili Vakolatnomasining skanirlangan nusxasi (bunday vakil bolgan holatda).
Notijorat tashkiloti (Rahbar yoki vakolatli shaxs nomidan):
Foydalanuvchi Tizim saytida tegishli Anketalar elektron namunalarini toldiradi, ularda rahbar, Vakolatnoma asosida Jamiyat nomidan faoliyat yuritish vakolati berilgan shaxslarning shaxsiy malumotlarini yoki boshqa hujjatni korsatadi (bunday vakil bolgan holatda):
familiyasi, ismi va otasining ismi (songgisi mavjud bolgan holatda);
fuqaroligi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat malumotlari (pasport/ID-karta seriyasi va raqami, hujjat bergan bolinma nomi, hujjat berilgan sana, royxatdan otkazilgan manzil);
haqiqiy yashash manzili;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiyalash raqami.
Qoshimcha ravishda Foydalanuvchi Anketa namunalariga quyidagi Jamiyat korporativ hujjatlarining skanirlangan nusxalarini ilova qiladi:
Jamiyatni tasis etish (tashkil qilish) togrisida qaror (bayonnoma);
Jamiyatning Yagona ijroiya organini saylash togrisida qaror (bayonnoma);
Jamiyatning Yagona ijroiya organi lavozimiga qabul qilish togrisida boyruq;
Ustav;
Yuridik shaxsning davlat royxatidan otkazilganligi togrisida guvohnoma, shuningdek yuridik shaxs vakolatli vakili Vakolatnomasining skanirlangan nusxasi (bunday vakil bolgan holatda).
Yakka tartibdagi tadbirkor:
Foydalanuvchi Tizim saytida tegishli Anketa elektron namunasini toldiradi, unda quyidagilarni korsatadi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (songgisi mavjud bolgan holatda);
fuqaroligi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat malumotlari (pasport/ID-karta seriyasi va raqami, hujjat bergan bolinma nomi, hujjat berilgan sana, royxatdan otkazilgan manzil);
haqiqiy yashash manzili;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiyalash raqami;
uyali telefon raqami;
elektron pochta manzili;
davlat royxatidan otkazilganligi togrisida guvohnoma.
Oz-ozini ish bilan taminlovchi sifatida royxatdan otkazilgan jismoniy shaxs:
Foydalanuvchi Tizim saytida tegishli Anketa elektron namunasini toldiradi, unda quyidagilarni korsatadi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (songgisi mavjud bolgan holatda);
shaxsini tasdiqlovchi hujjat malumotlari (pasport/ID-karta seriyasi va raqami, hujjat bergan bolinma nomi, hujjat berilgan sana, royxatdan otkazilgan manzil);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiyalash raqami;
oz-ozini ish bilan taminlovchi sifatida soliq organlarida royxatdan otkazilganligi togrisida malumotnoma.
Tolovchi (naqd pulsiz pul mablaglari otkazmalarini amalga oshiruvchi va elektron hamyondan foydalanuvchi jismoniy shaxs):
uyali telefon raqami;
bank kartasi raqami;
tugilgan sanasi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiyalash raqami.
Raqamli identifikasiyalash maqsadida:
biometrik pasport yoki ID-kartasi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiyalash raqami,
tugilgan sanasi;
Tolovchining foto va (yoki) videosurati.
Tizimda qo'shimcha mahsulotlardan foydalanish uchun uchinchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari qarindoshlik darajasini aniqlash uchun so'ralishi mumkin:
mobil telefon raqami;
J
Uchinchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etuvchi Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlar sub'ektining shaxsiy ma'lumotlarini CLICK tizimiga taqdim etishga roziligi mavjudligini tasdiqlaydi.
Foydalanuvchidan olingan shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish bo'yicha uchinchi shaxslar tomonidan da'vo qilingan taqdirda, Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etgani uchun javobgardir.
Foydalanuvchi tomonidan taqdim qilingan barcha axborot CLICK tomonidan bunday axborot olingan sanada haqiqiy bolishi kerak.
3.2. Agar Foydalanuvchi layoqatsiz yoki layoqati cheklangan bo'lsa, foydalanuvchi nomidan shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
Agar foydalanuvchi voyaga yetmagan bo'lsa, foydalanuvchi nomidan shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik ota-onalar/vasiylar yoki homiylar/homiylik organlari tomonidan beriladi.
Agar foydalanuvchi vafot etgan bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik merosxo'rlar tomonidan beriladi (agar bunday rozilik ilgari Foydalanuvchining o'zi tomonidan berilmagan bo'lsa).
Agar sud foydalanuvchini vafot etgan yoki bedarak yo'qolgan deb e'lon qilsa, merosxo'rlar shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik beradilar.
3.3. Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetni tashkil qilish uchun CLICK ga kerakli togri va aktual Foydalanuvchi axborotini taqdim qiladi.
3.4. Malumotlar olinganidan song CLICK taqdim qilingan malumotlarni toliqligi va togriligi yuzasidan tekshiradi, taqdim qilingan hujjatlarning aslligini (haqiqiyligini), taqdim qilingan hujjatlarning Anketa elektron namunasida korsatilgan axborot va malumotlarga muvofiqligini tekshiradi. Qayd etilgan maqsadlar uchun CLICK Ozbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlari ochiq axborot tizimlarida saqlanadigan, Internet tarmoqlarida va boshqa organlarda joylashtirilgan axborotdan foydalanadi.
3.5. Avtomatik ravishda toplanadigan malumotlar:
IP-manzil;
cookie fayllaridan malumotlar;
Foydalanuvchi brauzeri togrisidagi axborot, Foydalanuvchi tomonidan ishlatiladigan uskunalar va dasturiy taminotning texnik tavsiflari;
saytga kirish sanasi va vaqti, talab qilinayotgan sahifalar manzillari va boshqa shunga o”xshash axborot.
CLICK veb-saytlarini korib chiqishda Foydalanuvchi togrisida quyidagi egasiz qoldirilgan statistik malumotlarning avtomatik toplanishi (cookiesdan) yuz beradi, shu jumladan:
Servis web-saytida bajarilgan harakat turi (klik, kursorni yonaltirish va h.k.);
harakatlar bajarilgan sana va vaqti;
URL sahifalar;
Referer;
IP (statistikada IP-manzillar bilan ishlash imkoniyatisiz);
User-Agent;
ClientID (cookie fayli boyicha brauzer identifikatori);
ekran tiniqligi;
HTML-elementlari darajasi;
CLICK servislari interfeysida Foydalanuvchi tomonidan korib chiqiladigan axborot togrisida malumotlar;
Servislar web-saytlarida namunalar / murojaatnomalar toldirilganligi faktlari togrisida malumotlar, shu jumladan ularni toldirishdagi xatolar.
3.6. Mazkur Siyosatning 3.1-bandida qayd etilgan shaxsiy malumotlar quyidagi maqsadlarda ishlanadi:
CLICK tomonidan Shartnoma boyicha majburiyatlar ijro qilinishi doirasida Foydalanuvchilarni identifikasiyalash;
CLICK tomonidan Foydalanuvchi taraflardan biri hisoblangan Foydalanuvchi bitimi, «CLICK» servislaridan foydalanish togrisida bitimlar (shartnomalar) ijrosining taminlanishi.
Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarur:
subyekt ishtirokchi bo'lgan bitimni bajarish yoki bunday shartnomani tuzishdan oldin subyektning iltimosiga binoan choralar ko'rish;
mulkdor va (yoki) operatorning qonun va shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarish;
subyektning yoki boshqa shaxsning manfaatlarini himoya qilish;
statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida, shaxsiy ma'lumotlarni majburiy anonimlashtirish sharti bilan.
Shuningdek, Shaxsiy kabinetga Foydalanuvchi kirishini taqdim qilish va Shaxsiy kabinet funksionalida nazarda tutilgan operasiyalarni amalga oshirish uchun shaxsiylashtirilgan servislarni taqdim qilish, Sayt ish sifatini yaxshilash, egasiz qoldirilgan shaxsiy malumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlar otkazish.
4. Shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligi
4.1. Mazkur Siyosatning 3-moddasida qayd etilgan malumotlar maxfiy hisoblanadi. CLICK shaxsiy malumotlar maxfiyligini taminlaydi.
4.2. Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlarini toplash, ishlash va saqlashda barcha maxfiylik chora-tadbirlari ham qogoz axborot tashuvchilarda, ham elektron (avtomatlashtirilgan) axborot tashuvchilarda tarqatiladi.
4.3. Shaxsiy malumotlarning maxfiylik rejimi egasiz qoldirilgan yoki ular OAV, Internet va boshqa ommaviy davlat reestrlari kabi manbalarda elon qilingan holatlarda bekor qilinadi.
5. Foydalanuvchining huquqlari (shaxsiy ma'lumotlarning predmeti)
5.1. Foydalanuvchi CLICK dan uning joylashgan manzili togrisida, CLICK da tegishli shaxsiy malumotlar subektiga daxldor shaxsiy malumotlar mavjudligi togrisida malumotlar olishga, shuningdek bunday shaxsiy malumotlar bilan tanishib chiqishga haqli.
5.2. Foydalanuvchi oz shaxsiy malumotlari toliqsiz, eskirgan, notogri, noqonuniy olingan yoki elon qilingan shaxsiy malumotlarni ishlash maqsadlari uchun kerakli bolmagan holatda CLICK dan oz shaxsiy malumotlariga aniqlik kiritilishini, ularning blokirovka qilinishini yoki yoq qilinishini talab qilishga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan oz huquqlarini himoya qilish boyicha choralar korishga haqli.
5.3. Shaxsiy malumotlar mavjudligi togrisida malumotlar CLICK dan Foydalanuvchiga joiz shaklda taqdim qilinishi va ularda boshqa shaxsiy malumotlar subektlariga tegishli shaxsiy malumotlar bolmasligi kerak.
5.4. Shaxsiy malumotlar subekti yoki uning qonuniy vakili shaxsan murojaat qilgan yoxud yozma shaklda rasmiy talabnoma olingan holatda, CLICK tomonidan Foydalanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga oz shaxsiy malumotlaridan foydalanish imkoniyati taqdim qilinadi.
Rasmiy talabnoma Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat raqamini, qayd etilgan hujjat berilgan sana va ushbu hujjatni bergan organ togrisidagi malumotlarni hamda Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili oz imzoini oz ichiga olishi kerak. Rasmiy talabnoma Saytdagi Shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
5.5. Foydalanuvchi CLICK ga shaxsan murojaat qilgan yoxud CLICK tomonidan Foydalanuvchidan yozma shaklda rasmiy talabnoma olingan holatda, CLICK dan quyidagi axborotni, shu jumladan quyidagilarni oz ichiga olgan axborotni olishga haqli:
CLICK tomonidan shaxsiy malumotlar ishlanganligi faktining tasdiqlanishi, shuningdek bunday shaxsiy malumotlar ishlanishidan maqsad;
CLICK tomonidan qollaniladigan shaxsiy malumotlarni ishlash usullari;
CLICK nomi va joylashgan manzili, shaxsiy malumotlardan foydalanish huquqiga ega bolgan yoki bunday foydalanish huquqi taqdim qilinishi mumkin bolgan shaxslar togrisida malumotlar;
ishlanadigan shaxsiy malumotlar royxati va ularni olish manbai;
shaxsiy malumotlarni ishlash muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari;
shaxsiy malumotlar subekti uchun uning shaxsiy malumotlarini ishlash qanday yuridik oqibatlarga olib kelishi mumkinligi togrisida malumotlar.
Foydalanuvchining CLICK-dan uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha ma’lumot olish huquqi, bunday ma’lumotlarni taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan hollarda cheklanishi mumkin.
5.6. Shaxsiy malumotlar subekti shaxsiy malumotlarini ishlashga roziligini qaytarib olishga, shaxsiy malumotlarini ishlash usullari va shakllarini cheklashga, uning roziligisiz shaxsiy malumotlari tarqatilishini taqiqlashga haqli.
5.7. Shaxsiy malumotlar subekti CLICK harakati yoki harakatsizligi ustidan Shaxsiy malumotlar subekti huquqlarini himoyalash boyicha vakolatli organga yoki sud tartibida shikoyat arizasi berishga haqli.
5.8. Shaxsiy malumotlar subekti oz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga haqli, shu jumladan sud tartibida zararlar orni qoplanishini va manaviy zarar kompensasiya qilinishini talab qilishga haqli.
6. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
6.1. Shaxsiy malumotlarni ishlash CLICK tomonidan faqat mazkur Siyosat, Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalarda va CLICK ichki reglamentlarida belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.
6.2. CLICK tomonidan shaxsiy malumotlarning ishlanishi quyidagilardan iborat:
shaxsiy malumotlarni toplash, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, ozgartirish), uzatish (tarqatish, taqdim qilish, foydalanish imkoniyatini yaratish), egasiz qoldirish, blokirovka qilish, yoq qilish va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish.
6.3. Shaxsiy malumotlarni ishlash quyidagi ravishda amalga oshiriladi:
aralash (shu jumladan avtomatlashtirilgan) ishlash usuli yordamida.
7. Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish va yo'q qilish
7.1. Shaxsiy ma'lumotlarga o'zgartirish va qo'shimchalar CLICK tomonidan subyektning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
7.2. Shaxsiy ma'lumotlarga o'zgartirishlar va qo'shimchalar CLICK orqali subyekt so'rovi berilgan kundan boshlab uch (3) kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
7.3. Haqiqatga mos kelmaydigan shaxsiy ma'lumotlarga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan boshlab darhol amalga oshiriladi.
7.4. CLICK Shaxsiy ma'lumotlar subyektini yoki uning qonuniy vakilini va ushbu subyektning shaxsiy ma'lumotlari berilgan uchinchi shaxslarni kiritilgan o'zgartirishlar va ko'rilgan choralar to'g'risida xabardor qilishi shart.
7.5. Shaxsiy ma'lumotlarni yo'q qilish deganda shaxsiy ma'lumotlar mazmunini tiklashni imkonsiz qiladigan harakatlar tushuniladi. Shaxsiy ma'lumotlarni yo'q qilish jarayonida shaxsiy ma'lumotlarning moddiy vositalari yo'q qilinadi.
7.6. Shaxsiy ma'lumotlar subyekti o'zining shaxsiy ma'lumotlarini yo'q qilishni yozma ravishda talab qilishga haqli.
7.7. Shaxsiy ma'lumotlar sub'ektidan tegishli so'rov bo'lgan taqdirda, CLICK shaxsiy ma'lumotlar sub'ekti yoki uning qonuniy vakili tomonidan tegishli sub'ektga tegishli shaxsiy ma'lumotlar va qayta ishlash CLICK tomonidan amalga oshiriladigan to'liq bo'lmagan va eskirgan, noto'g'ri, noqonuniy ravishda olingan yoki ko'rsatilgan qayta ishlash maqsadi uchun zarur emas.
7.8. CLICK Foydalanuvchining shaxsiy malumotlarini Foydalanuvchidan tegishli yozma talabnoma olingan sanadan keyingi ish kunidan kechiktirmay yoq qiladi.
7.9. Shaxsiy malumotlarni yoq qilish sertifikatlangan dasturiy taminotdan foydalanilgan holda kafolatlangan yoq qilish bilan axborot ochirilishi orqali amalga oshiriladi.
7.10. Shaxsiy malumotlarni yoq qilish imkoniyati bolmagan holatda, CLICK bunday shaxsiy malumotlarning bloklash amalga oshiradi.
7.11. CLICK ga Foydalanuvchi shaxsiy malumotlar boyicha aktual axborotni yoq qilish togrisida yozma talabnoma bilan murojaat qilgan holatda, CLICK Foydalanuvchining shaxsiy malumotlari ishlanishini toxtatadi, saqlash va blokirovka qilish operasiyalari bundan mustasno.
7.12. Bunda, Foydalanuvchi tegishli ariza yuborilgan paytdan etiboran Shaxsiy kabinetdan va (yoki) muayyan Servislardan ularning maqsadli vazifasiga asosan foydalanish mumkin bolmasligini yoki bunday foydalanish imkoniyatlari cheklanishini etirof qiladi va bunga rozilik bildiradi.
8. Shaxsiy ma'lumotlarni bloklash
8.1. Shaxsiy malumotlarni blokirovka qilish deyilganida, Foydalanuvchi tomonidan ishlanayotgan malumotlar notogriligi yoki shaxsiy malumotlar subektining fikricha, uning malumotlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan holatda Foydalanuvchi talabnomasi asosida CLICK tomonidan shaxsiy malumotlarni ishlash boyicha operasiyalar vaqtincha toxtatilishi tushuniladi.
8.2. Saytda shaxsiy malumotlarni blokirovka qilish shaxsiy malumotlar subektidan olingan yozma ariza asosida amalga oshiriladi.
8.3. Bunda, Foydalanuvchi shaxsiy malumotlarni blokirovka qilish togrisida ariza yuborilgan paytdan etiboran Shaxsiy kabinetdan va (yoki) muayyan Servislardan ularning maqsadli vazifasiga asosan foydalanish mumkin bolmasligini yoki bunday foydalanish imkoniyatlari cheklanishini etirof qiladi va bunga rozilik bildiradi.
9. Shaxsiy ma'lumotlarni uzatish
9.1. Shaxsiy malumotlar uchinchi shaxslarga quyidagi holatlarda uzatilishi mumkin:
9.1.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga ozining bevosita roziligini bildirdi;
9.1.2. Shaxsiy malumotlarni uzatish CLICK muayyan servisi yoki CLICK hamkor servisidan foydalanish, shu jumladan Foydalanuvchi topshiriqlarini bajarish uchun kerak, xususan:
9.1.2.1. Ozbekiston Respublikasi banklari, kredit tashkilotlari va Ozbekiston Respublikasi hududida otkazmalar va/yoki hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok qiladigan boshqa tashkilotlar.
Bank kartalaridan foydalanib amalga oshiriladigan onlayn tolovlar xavfsizligining tegishli darajasiga rioya qilish maqsadida CLICK royxati tolov tizimlari xavfsizligi bayonnomalarida belgilanadigan malumotlarni bank-ekvayerlar/-emitentlarga, tolov tizimlariga uzatishi mumkin.
Malumotlarni uzatish quyidagi xususiyatlarga ega bolishi mumkin:
- majburiy xususiyat foydalanuvchi uskunasi togrisida malumotlar: IP-manzil, asosiy malumotlar, geografik malumotlar, ID/uskuna turi, foydalaniladigan kanal: brauzer/ilova, tolov avtorizasiyasi, identifikasiyalash / verifikasiyalash;
- ixtiyoriy xususiyat manzillar mos kelishi indikatorlari togrisida malumotlar; taminotchi tizimidagi akkaunt togrisida; elektron pochta manzili; mobil telefon raqamlari; taminotchi, tolov tizimi tomonidan belgilangan tolov miqdori; xavf darajasi togrisida axborot.
9.1.2.2. CLICK marketing boyicha hamkorlari va boshqa kontragentlari. CLICK Foydalanuvchining CLICK hamkori tomonidan unga chegirmalar (mukofotlar), CLICK hamkori tomonidan belgilangan muayyan shartlar bajarilishi natijasida ragbatlantirish taqdim qilinishi imkoniyatini belgilash uchun asos hisoblangan tolov operasiyalari togrisida, shuningdek Foydalanuvchi Sodiqlik dasturi ishtirokchisining Bonusli hisobvaragi togrisida egasiz qoldirilgan malumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilishi mumkin, bunday foydalanish imkoniyati Foydalanuvchiga Imtiyozlardan foydalanish qoshimcha shart-sharoitlari taqdim qilinishi imkoniyati bilan bogliq bolgan holatda;
CLICK Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan fiskal yoki boshqa hujjatning CLICK hamkoriga uzatilishini taminlash imkonini beradigan Foydalanuvchi elektron pochta manziliga kirish imkoniyatini taqdim qilishi mumkin;
(g) Foydalanuvchi tomonidan CLICK hamkorlari tomonidan taqdim qilinadigan servislar va xizmatlardan foydalanishda, Foydalanuvchi togrisidagi axborot bunday shaxslarga Foydalanuvchiga servislar tegishli taqdim qilinishi uchun kerakli hajmda va maqsadlarda yoki ulardan foydalanish qulayligi darajasini oshiradigan tarzda, shu jumladan, biroq cheklanmagan holda, CLICK hamkorlari tomonidan taqdim qilinadigan servislarda royxatdan otkazish tartib-taomillarini amalga oshirish jarayoni jadallashtirilishini taminlaydigan oldindan royxatdan otkazish namunalarini toldirish orqali taqdim qilinishi mumkin.
9.1.2.3. Malumotlar saqlanishini taminlaydigan hamkorlar.
9.1.2.4. Hamkorlar, CLICK servislaridan foydalanilgan holda, qollaniladigan Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar yoki Siyosat talablariga zid harakatlar sodir etilishi oldini olish boyicha faoliyatda va/yoki xavfsizlikni taminlashda ishtirok qilayotgan Ozbekiston Respublikasi davlat organlari.
9.2. CLICK tomonidan shaxsiy malumotlar uzatilishi, tarqatilishi shaxsiy malumotlar subektining (Foydalanuvchining) Ofertani akseptlashda beradigan shaxsiy malumotlar uzatilishi uchun roziligi asosida amalga oshiriladi.
9.3. CLICK oz ixtiyoriga kora, Foydalanuvchilarning oldindan roziligisiz marketing va boshqa tadqiqotlar otkazish uchun malumotlar soxtalashtirilganidan song anonim, agregasiyalangan malumotlardan, shuningdek shaxsiy malumotlarga tegishli bolmagan, reklama, shu jumladan chet tashkilotlar Foydalanuvchiga uzatilishini taminlash imkonini beradigan aktual va/yoki Foydalanuvchiga qiziqarli bolishi mumkin bolgan boshqa malumotlardan uchinchi shaxslarga cheklangan foydalanish imkoniyatini taqdim qilishi mumkin.
9.4. Davlat organlariga shaxsiy malumotlar uzatilishi Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
9.5. Subyekt to'g'risida yozma ravishda xabar berilmaydi va rozilik talab qilinmaydi, agar:
davlat organlarining o'z vakolatlarini amalga oshirayotgan bo’lsa;
shaxsiy ma'lumotlarni tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda taqdim etilayotgan bo’lsa;
shaxsiy ma'lumotlar umumiy foydalanish mumkin bo'lgan manbalardan to'planayotgan bo’lsa.
9.6. Tarixiy, statistik, sotsiologik va ilmiy tadqiqotlar uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlov berishda CLICK anonimlashtirishga majburdir.
10. Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash
10.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlari Ozbekiston Respublikasi hududida elektron shaklda saqlanadi.
10.2. Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlarini saqlash, agar shaxsiy malumotlarni saqlash boshqa muddati Qonun, Shartnoma yoki Foydalanuvchi bitimida belgilanmagan bolsa, shaxsiy malumotlarni saqlash shaxsiy malumotlarni ishlash maqsadlari talab qiladigan muddatdan uzoq bolmagan muddatda amalga oshiriladi.
10.3. CLICK shaxsni identifikasiyalash uchun malumotlarni oz ichiga olgan hujjatlar va axborotni munosabatlar (Shartnomaning amal qilishi) bekor qilingan kundan etiboran eng kamida 5 (besh) yil mobaynida saqlaydi.
Shunday qilib, munosabatlar (Shartnomaning amal qilishi) bekor qilingan kundan etiboran 5 (besh) yil mobaynida Foydalanuvchilarning shaxsiy malumotlari faqat saqlash yuzasidan ishlanadi.
11. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish
11.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashda CLICK shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko'radi:
1) subyektning o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
2) shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
3) shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;
4) shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
Shaxsiy ma'lumotlarning himoyasini ta'minlash uchun CLICK quyidagilarga majburdir:
1) shaxsga doir ma’lumotlarni hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan va hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarga ajratishi;
2) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish tartibini belgilashi;
3) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish yoki ularga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni belgilashi;
4) axborot xavfsizligi vositalarini o‘rnatish hamda hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov beruvchi texnik vositalarning dasturiy ta’minotini yangilashni ta’minlashi;
5) ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining hodisalar jurnalini yuritishi;
6) hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilarning harakatlarini qayd qilinishini ta’minlashi;
7) hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlar yaxlitligini nazorat qilish vositalarini qo‘llashi;
8) subyektning roziligi mavjud bo‘lganda hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlarni xavfsiz aloqa kanallari va (yoki) shifrlash vositalari orqali boshqa shaxslarga berishi, bundan qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollar mustasno;
9) hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlarni ishonchli saqlash uchun kriptografik axborotni himoya qilish vositalaridan foydalanishni ta’minlashi;
10) hamma foydalanishi mumkin bo‘lmagan shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish va (yoki) autentifikatsiya qilish vositalaridan foydalanishi;
11) agar mulkdor va (yoki) operator yuridik shaxs bo‘lsa, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni tashkil etuvchi vakolatli shaxsni tayinlashi yoki tuzilmaviy bo‘linmani tashkil qilishi;
12) shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bo‘yicha mulkdor va (yoki) operator siyosatini belgilaydigan ichki hujjatlarni tasdiqlashi;
13) shaxsga doir ma’lumotlar subyektining murojaatiga asosan shaxsga doir ma’lumotlarni bloklash va yo‘q qilish tartibini belgilashi;
Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida axborot xavfsizligini tashkil etish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlari asosida amalga oshiriladi.
12. Yakuniy qoidalar
12.1. Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari ozgargan, shaxsiy malumotlarni himoya qilish boyicha normativ hujjatlarga ozgartishlar kiritilgan holatda, mazkur Siyosat bunday ozgartirishlar bilan muvofiqlashtirilgungacha amaldagi qonun hujjatlariga zid bolmagan qismi boyicha amal qiladi.
12.2. Mazkur Siyosat shartlari CLICK tomonidan Foydalanuvchi oldindan xabardor qilinmagan holda bir tomonlama tartibda belgilanadi, ozgartiriladi va bekor qilinadi. Saytda Siyosatning yangi tahriri elon qilingan paytdan etiboran oldingi tahrir oz kuchini yoqotgan hisoblanadi. Mazkur Siyosat shartlari jiddiy ozgargan holatda, CLICK bu haqda Foydalanuvchilarni Saytda tegishli xabarnomani elon qilish orqali xabardor qiladi.