CLICK kompaniyasi to’g’risida

“CLICK” AJ (CLICK savdo belgisi) – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 22-iyundagi 1-sonli lisenziyasi asosida faoliyat yurituvchi va naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasida aholi va biznes o’rtasida ko’prik bo’lib xizmat qiladigan CLICK noyob raqamli mahsulot huquqiy egasi bo’lgan O’zbekistondagi yetakchi to’lov tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 2011-yil 10-noyabrda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda Toshkent shahrida shtab-kvartiraga ega. Kompaniya 13 yil mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga keng doirali sifatli to’lov xizmatlarini taqdim qilib kelmoqda.

Kompaniya faoliyatining normativ-huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 01-noyabrda qabul qilingan, 2020-yil 03-fevralda kuchga kirgan “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi O’zRQ-578-sonli Qonuni Kompaniya faoliyatini tartibga soladigan asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan Qonunning qabul qilinishi naqd pulsiz to’lovlar sohasida yagona davlat siyosati realizasiya qilinishini, yagona normativ baza tashkil etilishini, to’lov xizmatlari ommaviyligi va shaffofligi oshirilishini, shuningdek elektron pullardan foydalanish sohasida ishtirokchilar munosabatlari va faoliyati tartibga solinishini ta’minladi.  

Hozirgi vaqtda CLICK xizmatlaridan quyidagi bir necha usullar orqali foydalanish mumkin:

  • USSD/SMS-portallari orqali (*880#). Ushbu texnologiya Internet tarmog’iga ulanish imkoniyati borligi yoki yo’qligidan qat’i nazar har qanday joyda va istalgan vaqtda to’lovni amalga oshirish imkonini beradi;

  • Click Up va CLICK START mobil ilovalari orqali (Android va iOS qurilmalari uchun foydalanish mumkin);

  • Telegram ommaviy messendjerida maxsus bot (@clickuz) orqali;

  • Virtual «Shaxsiy kabinet» orqali (https://my.click.uzhttps://m.click.uz).

Опубликовано: 06.06.2024

Поделиться в социальных сетях