CLICKNING ASOSIY MAQSADI VA QADRIYATLARI

BIZNING ASOSIY MAQSADIMIZ

CLICKning asosiy maqsadi fuqarolar  hayoti va biznesni yaxshilash imkonini beradigan naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun qulay, xavfsiz va samarali muhitni yaratishdan iborat. Biz mijozlarimiz ehtiyojlariga javob berish va to’lov xizmatlari bozorida ishonchli hamkor bo’lib qolish uchun o’z raqamli mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni doimiy takomillashtirishga intilamiz. Maqsadimiz – foydalanuvchilarimiz vaqtini tejash va xarajatlarini qisqartirish uchun sifatli innovasion qarorlar yaratishdan iborat.

BIZNING QADRIYATLARIMIZ

Etakchilik: Biz Respublikada o’z faoliyatini boshlagan birinchi to’lov tashkiloti ekanligimizdan faxrlanamiz. Yildan-yilga o’sib borayotgan foydalanuvchilar va hamkorlar soni bizni yangi yutuqlarga erishishga va o’z mahsulotlarimizni yanada takomillashtirishga ilhomlantiradi.

Mijozga yo’naltirilganlik: Bizning mijozlarimiz – tizimimiz o’zagi hisoblanadi. Biz har doim foydalanuvchilar va hamkorlarimiz ehtiyojlarini hisobga olishga va umidlarini ortig’i bilan oqlashga intilamiz. Millionlab odamlar ishonchi – naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun ishonchli va sifatli platformani yaratish yo’lida harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

Innovasiyalar: CLICK yangi mahsulotlarni taklif qilgan va mavjud servislarni takomillashtirgan holda moliya texnologiyalari sohasida innovasiyalar oldida bo’lishga intiladi. Biz to’lov xizmatlari bozorida ilg’or texnologiyalarni birinchi bo’lib joriy qilish va nafaqat to’lovlarni soddalashtiradigan, balki ularni noyob tajribaga ham aylantiradigan innovasion qarorlar yaratish qobiliyatimiz bilan faxrlanamiz. Biz texnologik yutuqlarni mijozlarimiz uchun amaliy afzalliklarga aylantiramiz.

Professionalizm: CLICKda biz faoliyatimiz har bir sohasida eng yuqori professionalizm darajasini ta’minlash uchun o’qish va o’sish madaniyatini qo’llab-quvvatlaymiz, xodimlarimizning professional sifatida rivojalanishga va o’z malakasini rivojlantirishga bo’lgan intilishlarini rag’batlantiramiz.

Ijtimoiy mas’uliyat:  CLICK o’z faoliyatida yuqori odob-axloq standartlariga, shu jumladan mijozlar va hamkorlar oldida halollik, shaffoflik va mas’uliyatlilik tamoyillariga  amal qiladi. Kompaniya jamiyatni yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy ahamiyatli loyihalar va tashabbuslarga ham jalb qilingan.

Qadriyatlarimiz faoliyatimizning asosi hisoblanadi va umumiy maqsadimizga yetishishdaCLICK kompaniyasining har bir xodimi uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qiladi.

CLICK – biz birgalikda orzularni ro’yobga chiqaramiz!

Nashr qilingan: 14.05.2024

Buni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring