Tizim va uning imkoniyatlari
«Click» tizimi bu mobil banking tizimi bo'lib, u mobil telefon orqali uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar va boshqa kompaniyalarning xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish; an'anaviy va internet-do'konlarda xaridlarga to'lash, kartadan kartaga mablag'larni o'tkazish va boshqa imkoniyatlarni beradi.
«Click» tizimi orqali to'lovlarni turli usul bilan amalga oshirish mumkin:
mobil telefondan USSD orqali (*880#). Mazkur texnologiya to'lovlarni istalgan joyda va vaqtda yaqin atrofda internet bor-yo'qligidan qat'iy nazar amalga oshirish imkoniyatini beradi;
Click Up mobil ilovasi orqali (Android va iOS smartfonlari uchun mavjud);
ommabop Telegram messenjerdagi maxsus bot (@clickuz) orqali;
onlayn “Shaxsiy kabinet” orqali ( https://my.click.uz, https://m.click.uz).
CLICK tizimining asosiy imkoniyatlari:
To'g'ridan-to'g'ri plastik kartadan to'lovlar - kartangiz yoningizda bo'lmagan taqdirda ham
Kartadan kartaga mablag'larni o'tkazish - karta raqami yoki telefon raqami orqali
«Click Terminal» xizmati - do'kon/restoranlarda QR-kodni skanerlash yoki USSD orqali to'lovlar
Sizga yuborilgan hisoblarni boshqarish - tizimdagi barcha mavjud interfeyslar orqali
«Avtoto'lov» xizmati - takrorlanadigan to'lovlarni avtomatlashtirish: mobil telefonga, internetga va hokazo
To'lovlar tarixini ko'rish - kun, karta, operatsiya turlari bo'yicha
Hisoblardagi qoldiqlarni onlayn tekshirish - har bir karta bo'yicha
“Do'st yordami” xizmati - kartangiz hisobida mablag' etarli bo'lmaganda to'lovlar uchun
Olingan kreditlarni qaytarish - bank yoki kredit tashkilotlardan olingan
SMS-xabarnomalar - Click tizimida oshirilgan barcha to'lovlar bo'yicha